Assalomu alaykum barchaga!
Bir video bu mavzuni ko’tarishga sabab bo’ldi.
O’zbekistondan boshqa davlatga borilganda, o’sha davlat , o’sha yer qonunlarini yaxshi bilishingiz va hurmat qilishingiz kerak.
Rus tilida bir maqol bor: «В чужой монастырь со своим уставом не входят».
O’zbek tilida esa:
«Boshqaning uyiga o‘z qoidangni olib kirmaysan.»
Men shu bilan xato qilganman. Koreyaga o’qishga borganimda, universitet tartib-qoidalari yozilgan kitob berilgan, men esa erinib unchalik o’qimagan edim, u yerdagi qoidalardan biri qizlar o’g’il bolalar yotoqxonasiga kirishi mumkin bo’lmagan.
Kursdoshlarimiz bilan bir odatimiz bor edi, hamma birga oshxonada birga ovqatlanib, keyin aylanar edik kechqurun, shunda o’g’il bolalar dormitorydan shaxar yaxshi ko’rinadi deb hammamiz tomga chiqqanmiz, umrimda eng birinchi va ohirgi marta bu ishni qilishim edi. Kisuksada (dormitory) kameralar bor, albatta men u yerga tushganman🤣🤣🤣
Bir kun International officega borsam, ekran kamerasida o’zimni ko’rib, iya bu menku deganman🤣 u yerdagi hodim , o bu sizmi degan, ha deganman))
Ohir oqibat, 10 kun sizga muhlat qizlar yotoqxonasidan chiqib, o’zingizga boshqa joy topasiz degan.
Men qoidani buzib, kamiga o’zimni sotganman 🫠
O’zimga bu qanaqa qiyinchilikdan olib kelishi haqida o’ylab ko’rmaganman.
Shunga boradigan joyingiz qoidalari haqida o’qing!!!!! Bundan faqat o’zingizga foyda bo’ladi. U yer undek ekan, bizga to’g’ri kelmas ekan deb, yomonlab yurgandan foyda yo’q, tasavvur qiling
bu huddi O’zbekistonga kelgan boshqa millatlar o’zbekcha to’ylarga bormang, osh yemang, semirib ketasiz degandek bo’ladi😂
Ongni va yurakni keng qilish kerak)
Matvatsa🫥 bo’lsin)) kasal holimga yozdim. Salomat bo’ling🤗
Post Facebookdan olindi